» » Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida kuchli sel kuzatildi

Farg‘ona viloyati Beshariq tumanida kuchli sel kuzatildi


2019-yil 2-iyun kuni kech soat 22:00 dan 01:10 gacha Tojikiston Respublikasi Sug‘d viloyati Konibodom tumani va u bilan chegaradosh Beshariq tumani (Farg‘ona viloyati) Vorux-Dasht qishlog‘ining yuqori qismida kuchli yomg‘ir boshlandi, deb xabar qiladi “Xalq so‘zi”.

Kuchli yomg‘ir yog‘ishi oqibatida adirliklardan oqib tushgan jala yomg‘ir suvlari Beshariq tumani Yangi Rapqon va Vorux-Dasht mahalla fuqarolari yig‘inlarida istiqomat qiluvchi aholi tomorqa va qo‘shimcha binolariga qisman talafot yetkazgan.

2 ta xo‘jalik turar joy binosi shikastlangan va shu xo‘jaliklarda istiqomat qiluvchi oilalar xavfsiz joylarga zudlik bilan ko‘chirib o‘tkazilgan.

Bugun, 3-iyul kechasi soat 02:00 da tabiiy ofat joyiga viloyat hokimi Sh.G‘aniyev, Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i R.Mamatov, viloyat Milliy gvardiya boshlig‘i X.Sheraliyev va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i I.Qo‘chqorovlar yetib kelib vaziyatni jiddiy o‘rgangan.

Mazkur holatni bartaraf etish yuzasidan shtab tashkil etildi va zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Aholi o‘rtasida jarohatlanganlar va shikastlanganlar yo‘q.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (3-06-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 55) ( 0) ( 53) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют