» » Andijonda profilaktika inspektori va uning yordamchisi tomonidan 1 kunda 2 ta og‘ir turdagi jinoyat oldi olindi

Andijonda profilaktika inspektori va uning yordamchisi tomonidan 1 kunda 2 ta og‘ir turdagi jinoyat oldi olindi


Andijon shahrining Farobiy mahalla fuqarolar yig‘iniga xizmat ko‘rsatuvchi profilaktika inspektori va uning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchisi tomonidan bir kunda, ikkita og‘ir turdagi jinoyat oldi olindi. Bu haqda viloyat IIB matbuot xizmati xabar bermoqda.

30-may kuni soat 21:00 lar chamasida ular hududida tungi xizmat davomida “Oshpazlar” ko‘chasida bir necha fuqarolarning og‘zaki tortishuvi o‘zaro dahanaki janjalga aylanganligi yuzasidan tezkorlik bilan hodisa joyiga yetib borilib fuqaro M.X I. Aning qarindoshlari bilan o‘zaro janjallashib, ularga qo‘lidagi xo‘jalik pichog‘i bilan tan jarohati yetkazmoqchi bo‘lganligi yuzasidan, tezkor harakatlar tufayli M.X dan o‘tkir tig‘li jism tortib olindi.

Ushbu holat yuzasidan fuqaro M.X va uning yaqin qarindoshlari IIBga olib kelinib, ular bilan profilaktik suhbat o‘tkazilib jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmaslik haqida ogohlantirildi.

Shuningdek shu kuni soat 22:00 lar chamasida “Sadoqat” mahallasida sodir bo‘lgan. Bu haqda tungi xizmatchilarga Andijon shahrida yashovchi fuqaro A.Sh ko‘ng‘irok qilib, nabirasi F.A uyda janjal to‘palon qilib, deraza oynalarni sindirib yuborayotganligini aytgan. Fuqaroning chaqiruviga asosan voqea joyiga yetib borilganda fuqaro F. A janjal to‘polon ko‘tarib, A. Shga nisbatan o‘tkir tig‘li jism orqali tan jarohati yetkazmoqchi bo‘layotganligi aniqlangan. Tezkor harakatlar natijasida F. Adan chalabzar pichog‘i olinib, sodir etilishi mumkin bo‘lgan og‘ir turdagi jinoyatning oldi olingan.

Ushbu holat yuzasidan ham profilaktik suhbatlar o‘tkazilib jinoyat va huquqbuzarlik sodir etmaslik haqida ogohlantirilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 01:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют