» » Xivada inspektor yordamchilariga skuter va velosipedlar topshirildi

Xivada inspektor yordamchilariga skuter va velosipedlar topshirildi


Xiva shahar IIB profilaktika inspektorlari yordamchilariga skuter va velosipedlar topshirildi. Bu haqda IIV matbuot xizmati “Daryo”ga ma’lum qildi.

3-iyun kuni Xiva shahar hokimligining homiyligi asosida ajratilgan 3 ta skuter va 18 ta velosiped Xiva shahar IIB profilaktika inspektorlarining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha yordamchilariga topshirildi.

Ichanqal’a muzey qo‘riqxonasi va unga yondosh mahallalarda xizmat olib boruvchi profilaktika inspektorlarining yordamchilariga xizmatda foydalanish uchun sketurlarning ajratilishi ularni moddiy-texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash borasidagi ilk amaliyot hisoblanadi.

Skuter va velosipedlarni topshirishga bag‘ishlangan tantanali tadbirda ishtirok etgan Xiva shahri hokimi shahar hududida jamoat tartibini saqlash, aholi va sayyohlar xavfsizligini ta’minlash borasidagi chora-tadbirlarni yanada kuchaytirish va takomillashtirish maqsadida hududda mavjud 21 ta mahallalarda xizmat olib boruvchi profilaktika inspektorlarining yordamchilarini bosqichma-bosqich to‘liq skuterlar bilan ta’minlash belgilab olinganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shuningdek, viloyatning Qo‘shko‘pir tumanida ham Ichki ishlar organlari profilaktika inspektorilarning jamoat tartibini saqlash bo‘yicha 50 nafar yordamchilariga mahalliy hokimlik homiyligi asosida velosipedlar topshirildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 06:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 76) ( 0) ( 74) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют