» » Mirobod tumani bosh imom-xatibi: “Afv etilganlarga qo‘limizdan kelgan yordamimizni beramiz”

Mirobod tumani bosh imom-xatibi: “Afv etilganlarga qo‘limizdan kelgan yordamimizni beramiz”


So‘nggi yillarda hukumat tomonidan ozodlikdan mahrum etish jazosini o‘tayotgan, qilmishiga chin pushaymon bo‘lgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risidagi chora tadbirlar xalqimizga xos kechirimlilik, bag‘rikenglik va mehr-shafqat fazilatlarining yaqqol namoyon etmoqda, deb yozadi O‘zbekiston musulmonlari idorasi Masjidlar bo‘limi axborot xizmati.

1-iyun kuni Ramazon hayiti arafasida Mirobod tumanida istiqomat qiluvchi uzoq muddatdan beri jazo muddatini o‘tayotgan 7 nafar kishi Sud hukmiga ko‘ra jazodan ozod etilib, uyiga — oilasi bag‘riga qaytarildi.

“Kutilmagan quvonchli xabar mahkumlarning oila a’zolariga katta xursandchilik bag‘ishladi. Hayajondan esankirab qoldi. Axir 15 yillik ayriliq bugun barham topdi. Endi hayitni oilasi bag‘rida nishonlaydilar. Biz ularning hayotga moslashuvi, diniy, ijtimoiy-ma’naviy ko‘mak borasida qo‘limizdan kelgancha yordam beramiz”, — deydi kutib olish marosimida ishtirok etgan Mirobod tumani bosh imom-xatibi Odiljon Xolmurodov.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 06:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 84) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют