» » Xiva sobiq hokimi fermerning yerini olib qoyib, boshqa tadbirkorga berib yubordi. Hokim yoq, endi muammoni kim hal qiladi?

Xiva sobiq hokimi fermerning yerini olib qoyib, boshqa tadbirkorga berib yubordi. Hokim yoq, endi muammoni kim hal qiladi?


Daryo tahririyatiga Xorazm viloyati Xiva shahrida yashovchi fermer Gulora Jumaniyozovadan murojaat kelib tushdi.

Unda aytilishicha, 2019-yilning mart oyida tadbirkor Jamshid Rozimetov noqonuniy ravishda uning Abdusharif bogbon fermer xojaligi maydoniga kirib, bu yerni hokimlik menga Prezident qaroriga kora gidroponika (issiqxona) uchun ajratib berdi. Endi bu yerlar meniki deb kochatlar unib turgan 3.8 gektar bogining 1.7 gektar maydoni olib qoyib, pahsa bilan oralgan devorlarini buzib, qurilish ishlarini boshlab yuborgan.

Gidroponika (issiqxona) osimlikni tuproqsiz suniy muhitda ostirish yoli. Uning bir necha xil usullari bor. Odatda osimlikni mayda shagal va qumda ostirish usuli koproq qollaniladi. Buning qulay tarafi, issiqxona uchun maxsus unumdor yer zarur emas. Gidroponika usulida asosan, sabzavot, gul, rezavor, meva, chorva mollari va parrandalar uchun servitamin kokatlar ostiriladi. Bu yol bilan yiliga 4 5 marta hosil olish mumkin.

Bu borada 2018-yilda 20-noyabrda Shavkat Mirziyoyevning Issiqxona komplekslarini rivojlantirish uchun qoshimchashart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari togrisidagi qarori imzolangan.

Eng ajablanarlisi,bizga na hokimlik va na tadbirkor bu haqida xabar berdi, yoki biron qonuniy hujjat korsatdi. Shahar hokimligiga yerimiz olib qoyilishining sababini sorab murojaat qilganimizda, yer hokimlikniki, xohlagan odamidan oladi, xohlaganiga beradi, degan javobni eshitdik. Axir shahar bedarvoza emasku, yer olib qoyilishining ham oziga yarasha qonun-qoidalari bor. Vaholangki, Fermer xojaliklarini tashkil etish togrisidagi qarorga kora, yer fermer xojaligining yozma arizasiga binoan, muntazam 3 yil davomida qarovsiz foydalanilmasdan kelgan taqdirdagina, sud qarori bilan hokimlik qaytarib olishi mumkin. Shunda ham fermer xojaligi yozma ravishda ogohlantirilgan holda olinishi kerak. Lekin bizni hokimlik bilan 50 yillik shartnomamiz bolsa va hali hech bir bandini buzmagan bolsak... Nega endi hech bir sababsiz kochatlar unib turgan yerimiz tortib olindi?, deydi biz bilan suhbatda Gulora Jumaniyozova.

Murojaatda keltirilishicha, Gulora Jumaniyozovaga tegishli bolgan 3.8 gektar yerning 1.7 gektar maydoni tadbirkor Jamshid Rozimetovga sobiq Xiva shahar hokimi Erkin Yoqubov qaror chiqarib, rasmiylashtirib bergan.

Yaqinda murojaatim boyicha shahar prokuraturasiga meni va tadbirkor Jamshid Rozimetovni chaqirishdi. Shahar prokurori unga vaziyat oydinlashguncha ularning yeriga otma, qurilishingni toxtatib tur deb aytdi. Lekin u baribir qurilishlarini davom ettirayapti. Bundan tashqari Jamshid Rozmetov tomonidan fermer xojaligimizni orab turgan devorlari buzilib, unib turgan 12 ming kochatimiz payhon qilindi. Biz, yerimiz olindi mayli, faqat ziyon yetkazilgan kochatlarimizni pulini tolanglar dedik. Bunga hokimlikdagilar rozi boldi. M.Mirzayev nomidagi bogdorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy tadqiqot instituti (sobiq Shreder instituti) xodimlari tomonidan 12 ming dona kochatlarimiz 88 million somga baholandi. Summani korib, hokimlikdagilar, bizni balansimizda buncha pul yoq deb aytishdi. Endi kim buning haqqini tolaydi?, deydi Gulora Jumaniyozova.

Xiva shahar prokuraturasi vaziyatni organganda, sobiq shahar hokimi Erkin Yoqubovning 2018-yil 21-iyulda chiqargan qarori Yer kodeksining 2324-moddalari hamda Fermer xojaligi togrisidagi qonunning 13-moddasi talabalariga zid ravishda qabul qilinganligini aniqlagan. Shundan song, prokuratura tomonidan shu yilning 18-may kuni qarorni bekor qilish va qonunga muvofiqlashtirish boyicha shahar hokimligiga protest kiritgan.

Prokuratura tomonidan keltirilgan protestga qaramasdan tadbirkor Jamshid Rozimetov Gulora Jumaniyozovaga tegishli bolgan yerda qurilish ishlarini davom ettiravergan.

Mazkur holatga aniqlik kiritish maqsadida Daryo Jamshid Rozimetov bilan boglandi.

Tadbirkorga kora: u yerni hech kimdan tortib olmagan, fermer Gulora Jumaniyozova bilan boglanganda u Prezident qarori chiqqan ekan, mayli ishingni boshlayver, deb aytganligi takidladi.

Lekin bir muncha vaqt otib, u gaplashganimizni tan olmadi. Osha paytda Gulora Jumaniyozova bilan ogzaki gaplashganimiz uchun hokimlikda buni isbotlay olmadim. Ikkinchidan, men uning bugdoy ekilgan yeriga kirdim. Kochatlariga hech qanday ziyon yetkazganim yoq. Qurilishimni toxtatishga kelsak, togri bu borada qaror chiqqan, lekin men ishimni deyarli 50 foizini bitirib boldim. Bankdan 900 ming dollar olganman. Qurilishga esa bir yarim milliard sarflab boldim. Ishimni toxtatsam, kreditimni, sarflab qoygan pulimni kim tolaydi? dedi Jamshid Rozimetov.

Ikki tadbirkor ortasida kelib chiqqan nizoni tegishli davlat organlari nazoratga olib, muammoga yechimini topadi degan umiddamiz. Daryo vaziyatni kuzatishda davom etadi.



Manba: Daryo.uz
: admin (4-06-2019, 07:14)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 28) ( 0) ( 26) ( 2)
:
-
:
20 ... -