» » Maksim Galkin: “Malaxov yolg‘on gapiryapti, Kiprda hech qanaqa koshonam yo‘q”

Maksim Galkin: “Malaxov yolg‘on gapiryapti, Kiprda hech qanaqa koshonam yo‘q”


Teleboshlovchi Maksim Galkin hamkasbi Andrey Malaxovning “StarXit” jurnalida chop etilgan maqolasini tanqid qildi. Maqolada Galkin va Alla Pugachyova Kiprda maydoni salkam 600 kvadrat metr keladigan koshona qurgani haqida gap boradi, deya xabar qiladi Tengrinews.

Maksim Galkin o‘zining Instagram’dagi sahifasida ko‘chmas mulk haqida ma’lumotlarni rad etadi va Malaxovni “teleg‘iybatchi”, uning dasturini esa “arzon tomosha” deb ataydi.

“Do‘stlar, hamkasbim Andrey Malaxovning asosiy kapitali g‘iybatlar bo‘lgan jurnali bo‘g‘zimga keldi. Qandaydir arzon agentlik mana ikkinchi yildirki Kiprda uy qurayotganimni aytmoqda. Bugun mamlakatning asosiy teleg‘iybatchisining jurnali agentlik tomonidan yolg‘on ma’lumotlar keltirilgan butun boshli maqolani e’lon qildi.

Men agentlikni umuman bilmayman va Kiprda hech qanaqa koshonam yo‘q. Kiprda men bilan suratga tushish uchun yonimga kelgan odamlar orasida o‘sha firmaning vakili ham bo‘lgan deb o‘ylayman. Mazkur yolg‘on o‘sha surat asosida to‘qilgan. Ikkinchi, uchinchi yoki to‘rtinchi fuqarolikka egaligim haqidagi gaplarga esa javobim — bu mening shaxsiy ishim. Davlat va soliq qo‘mitasidan boshqa hech kimga hisob berishga majbur emasman.

Ishonchim komilki, agentlik ushbu maqola uchun jurnalga pul to‘lagan. O‘z navbatida jurnal bizning nomimiz orqasida ozgina pul ishlab oldi. Andrey sen davlat kanalidagi dasturing orqali arzon tomoshani yaratib bo‘lding. Meni va oilamni o‘zingni g‘arib karnavalingga tortma”, — deydi Maksim Galkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (4-06-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 31) ( 0) ( 31) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют