» » O‘zbekiston tibbiyot muassasalarini texnik qo‘llab-quvvatlash doirasida Dubay amirligi bilan 1 mln dollarlik kelishuvga erishdi

O‘zbekiston tibbiyot muassasalarini texnik qo‘llab-quvvatlash doirasida Dubay amirligi bilan 1 mln dollarlik kelishuvga erishdi


O‘zbekiston va Birlashgan Arab Amirliklari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlik va do‘stona aloqalar tobora mustahkamlanib boryapti. Ayniqsa, mamlakat Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 24-mart kuni Birlashgan Arab Amirliklariga rasmiy tashrifi ko‘p qirrali ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish, savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, innovatsion, bank-moliya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi, deb Sog‘liqni saqlash vazirligi “Daryo”ga ma’lum qildi.

Tibbiyot sohasida ham o‘zaro aloqalar izchillik bilan rivojlanmoqda. Jumladan, Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov va Dubay Amirligi hukumatining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari Sulton Xalifa Sulton Belobayda Alsuaidi tomonidan O‘zbekistonning tibbiyot muassasalarini texnik qo‘llab-quvvatlash doirasida 1 million AQSh dollariga teng texnik yordam ko‘rsatish bo‘yicha o‘zaro kelishuv Memorandumi imzolandi.

Ushbu kelishuv respublikada tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish va aholini zamonaviy yuqori texnologik tibbiy yordamga bo‘lgan ehtiyojini qondirish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 06:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 32) ( 0) ( 31) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют