» » Yunusobodda ayol kishi boshqargan Nexia 12 yoshli o‘smirni daraxtga yopishtirib qo‘ydi. U voqea joyida vafot etdi

Yunusobodda ayol kishi boshqargan Nexia 12 yoshli o‘smirni daraxtga yopishtirib qo‘ydi. U voqea joyida vafot etdi


Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Potrebitel.uz” guruhida Mixail Axperjanyans ismli foydalanuvchi Yunusobodda sodir bo‘lgan ko‘ngilsiz hodisa haqida post qoldirdi.

Foydalanuvchining yozishicha, 4-iyun kuni Yunusobod tumani, MegaPlanet savdo markazi yaqinida Nexia-3 avtomobili haydovchisi bir necha bolani urib yuborgan.

“Baqiraman, qichqiraman, keyin yig‘layman! 2019-yil 4-iyun kuni Yunusobod tumani MegaPlanet yaqinida jiyanim Gevorikdan ayrilib qoldik. Uning yoshi 12 da edi. Tug‘ishgan singlimning o‘g‘li ko‘z oldimda katta bo‘lgan, tutingan o‘g‘lim edi… Gevorik va uning uch nafar do‘stini bir xonim daraxtga yopishtirib qo‘ydi. Hissiyotlarim va g‘azabimning chegarasi yo‘q, rosa baqirdim… odamlar orasida shu xonimning ko‘zlariga qarash uchun rosa baqirdim, lekin u voqea joyidan ketib qoldi. Baqirganimda Yunusoboddagi 11 dahaning deyarli barcha aholisi menga o‘girildi… Gevorik o‘limga ‘mahkum’ etilishidan oldin do‘stlari bilan mahallada, qo‘shni domning hovlisida o‘tirishgan edi… Anavi xonim esa yordam berish o‘rniga, qo‘rqqanida uyiga qochib ketdi… jinoyat joyidan ketib qoldi. U ichki ishlardan kelib olib ketmaguniga qadar uyida o‘tirdi.

Mashina rulida deyarli haydashni bilmaydigan ayol o‘tirgan… Kim unga haydovchilik guvohnomasini bergan (aniqrog‘i, sotgan)?

Uni eng qattiq jazoga tortish kerak! Uning imtihon kartasi va unga haydashni o‘rgatgan odamni ko‘rish kerak. 12 yoshga ham to‘lmagan jiyanim endi yo‘q… Yonimga bir qizcha kelib yig‘ladi: ‘Gevorik ertaga uyda bo‘ladimi?’ deydi. Men bo‘ladi dedim… Ertaga uni SAMPIdagi morgdan olib kelishlarini aytmadim… Chunki u tushunmaydi, qizaloq shunchaki yig‘lardi… Uning do‘stlari yig‘ladi… Anavi xonim esa sovuqqonlik bilan voqea joyini tark etdi! Ishni yopti-yopti qilishga urinib ko‘rishsinchi!

Ayol kishi rulda o‘tirgani kameralarga muhrlangan, 700 ga yaqin odam guvoh bo‘ldi… Tergovchi hammaning oldida uning mashinasidan fleshkani oldi — buni keyinchalik hech qanday ma’lumot yo‘q demasliklari uchun aytayapman… Ataylab barcha do‘stlarimga qo‘ng‘iroq qilib, noxush hodisa sodir bo‘lgan joyni videoga olishlarini so‘radim, keyinroq isbotlashga to‘g‘ri kelib qolmasligi uchun! Yana bir narsani qo‘shimcha qilaman. Xuddi Rossiyada bo‘lgani kabi 12 yoshli bolakay mast bo‘lgan bo‘lishi mumkin emas, bunaqa yo‘ldan foydalanishga urinishmasin!..”

Foydalanuvchining bildirishicha, ikkinchi bola ham vafot etgan, uchinchisi esa og‘ir holatda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 65) ( 0) ( 63) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют