» » La Times: Los-Anjeles ulkan chiqindi idishiga aylanib qoldi

La Times: Los-Anjeles ulkan chiqindi idishiga aylanib qoldi


Los-Anjeles Times nashri jurnalistlari kalamushlar bosib chiqindixonaga aylanib qolgan shaharning bir qismini aylanib chiqdi, deb xabar beradi Forum Daily.

New York Post nashrining yozishicha, “nazoratni yo‘qotgan shaharning kuli ko‘kka sovurilmoqda”. Shaharning 50 ta dahasida hozirda 4200 ga yaqin boshpanasiz insonlar hech qanday gigiyena talablariga javob bermaydigan sharoitda yashamoqda. Ma’lum qilinishicha, Los-Anjeles politsiyasi xodimlaridan biri mahalliy chiqindilar sabab yaqinda kasallangan.

“Bu qanaqa asr? 21-asrda iqtisodiyoti dunyoda eng oldi bo‘lgan davlatning eng yirik shahrimi bu? Yoki kimdir kalendarni bir necha yuz yil orqaga surib qo‘ydimi?”, — deb yozadi Stiv Lopes ismli jurnalist.

Bu yerdagi sharoit shu qadar yomonki, LAPD xodimlari kasallikka chalingan politsiya ofitseridan keyin hududni imkoni boricha aylanib o‘tishga harakat qilmoqda. Ta’kidlanishicha, yana besh nafar politsiyachi bu yerga kelib ketganidan so‘ng oshqozon og‘rig‘idan aziyat chekkan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 10:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 68) ( 0) ( 68) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют