» » Malayziyada samuray qilichli talonchilar 5 kilogramm taqinchoqlarni o‘g‘irladi

Malayziyada samuray qilichli talonchilar 5 kilogramm taqinchoqlarni o‘g‘irladi


Malayziyaning Pinang shtati Battervors shahrida samuray qilichi bilan qurollangan jinoyatchilar qimmatbaho ziynatlar olib ketilayotgan mashinani olib qochidi. Bu haqda AsiaOne xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishisa, zargarlik do‘koni menejeri va uning hamkasbi qimmatbaho taqinchoqlarni boshqa shaharga olib ketayotgan bo‘lgan. Savdo nuqtasidan 300 metr uzoqlikda ularning yo‘ltanlamas mashinasi qarshisida oq sedan mashinasi to‘xtagan. Haydovchi tormozni bosgan, lekin to‘qnashuvni oldini ololmagan.

Mashinada samuray qilichi bilan qurollangan niqobda bo‘lgan to‘rt nafar shaxs bo‘lgan. Niqobli shaxslar mashinaga yaqinlashayotganida do‘kon xodimlari orqaga haydab qochmoqchi bo‘lgan, lekin orqadan pikak mashinasi kelib yo‘lni to‘sgan. Undan ham qilich bilan qurollangan ikki nafar niqobli shaxs tushgan.

Talonchilar mashina oynasini qilich bilan sindirib, menejer va uning hamkasbini mashinadan tushirib, o‘zlari rulga o‘tirib qochib qolgan. Mashinada besh kilogrammlik zargarlik buyumlari bo‘lgan. O‘g‘irlangan buyumlar qiymati 900 ming ringgit (taxminan 216 ming dollar)ni tashkil etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 17:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют