» » Sergeli tumanida g‘isht ortilgan yuk mashinasi Matiz’ning ustiga ag’darilib ketdi

Sergeli tumanida g‘isht ortilgan yuk mashinasi Matiz’ning ustiga ag’darilib ketdi


Toshkent shahrining Sergeli tumanida “Zil” yuk mashinasi va Matiz ishtirokida yo‘l transport hodisasi yuz berdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar berdi.

Matiz avtomashinasi tumandagi MAKRO savdo markazi yaqinidagi svetoforda piyodalarni o‘tkazib yuborish uchun to‘xtagan. Orqadan katta tezlikda kelayotgan “Zil” haydovchisi o‘z vaqtida tormozni bosishga ulgurmagan va mashinani burgan. Ushbu harakat g‘isht olib ketayotgan yuk mashinasining ag‘darilib ketishiga sabab bo‘lgan.

YTH tafsilotlari haqida guvohlar Facebook’dagi “Voditeli Tashkenta” guruhida hikoya qilgan. Toshkent shahar IIBB YHXB ma’lumotlariga ko‘ra, hodisa natijasida hech kim jabrlanmagan.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (17-04-2017, 15:58)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 59) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют