» » Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi: Prezident bizdan o‘n qadam oldinda, biz yetib ololmayapmiz

Qonunchilik palatasi qo‘mita raisi: Prezident bizdan o‘n qadam oldinda, biz yetib ololmayapmiz


Kecha, 4-iyun kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi anjumanlar zalida Oliy Majlis, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi mutasaddilari hamda deputatlar ishtirokida jurnalistlar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xabar berdi.

“Yurtboshimiz Toshkent viloyatini qancha tanqid qildilar, — deydi Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi raisi To‘lqin Eshnazarov. — Nima uchun Toshkent viloyati rivojlanmayapti, nima uchun viloyat rahbarlari harakat qilmayapti, dedilar. Harakat bor, lekin muhtaram Prezidentimiz bizdan o‘n qadam oldinda, biz yetib ololmayapmiz, yetib olib bo‘lmayapti”.

Oxirgi uch yilda qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, urug‘chilikni tizimli yo‘lga qo‘yish, yaylovlardan foydalanish va sohaning boshqa tarmoqlariga doir 30 ga yaqin qonun hujjatlari qabul qilindi.

Mazkur qonunlardan maqsad – mamlakatda yetishtirilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish. O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi birinchi darajali masala hisoblanadi.

Qo‘mita raisining aytishicha, bu masalaning poydevori esa – urug‘chilik. Shuning uchun ham bu borada alohida qonun qabul qilindi. Sirdaryoda ilmiy stansiya tashkil qilindi, u yerda urug‘larni yetishtirish, qayta ishlash, qadoqlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan. Farg‘onada esa har yili 400—500 kilogramm gibrid urug‘lar yetishtirilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 18:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 31) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют