» » Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga berildi

Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari Qishloq xo‘jaligi vazirligi tasarrufiga berildi


Qishloq xo‘jaligi sohasida davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi Prezident farmoni qabul qilindi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali ma’lum qildi.

Farmon bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligining asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari belgilandi.

Unga muvofiq, vazirlik qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat xavfsizligi sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Quyidagilar vazirlikka o‘tkazildi:

Qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat ta’minoti ilmiy ishlab chiqarish markazi (Fanlar akademiyasidan);

Qishloq xo‘jaligi texnikasi va texnologiyalarini sertifikatlash va sinash markazi (Hukumat tasarrufidan);

Urug‘chilikni rivojlantirish markazi (Innovatsion rivojlanish vazirligidan).

Shuningdek, Toshkent davlat agrar universiteti va uning filiallari ham vazirlik tasarrufiga berildi.

Farmonga muvofiq, qishloq xo‘jaligida agrokimyoviy xizmat ko‘rsatish va o‘simliklar himoyasini takomillashtirish bo‘yicha choralar ko‘riladi hamda vazirlik huzurida ixtisoslashgan xizmat tashkil etiladi.

Shuningdek, 2019—2021-yillarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish uchun foydalanilmayotgan yer maydonlarini o‘zlashtirish konsepsiyasi ishlab chiqiladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (19-04-2019, 08:28)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 74) ( 0) ( 74) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют