» » Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan dizayner AQShning yirik shaharlarida o‘z ko‘rgazmalarini taqdim etadi (video)

Asli o‘zbekistonlik bo‘lgan dizayner AQShning yirik shaharlarida o‘z ko‘rgazmalarini taqdim etadi (video)


Yoz fasli AQSh aholisi uchun unutilmas shoular va yulduzlar ishtirokidagi konsertlar-u tomoshalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Xususan, Amerikaning yirik shaharlarida asli o‘zbekistonlik bo‘lgan dunyoga mashhur dizayner Alisher o‘z ko‘rgazmasini taqdim etadi, deb xabar berdi Forum Daily.

Alisher A’loyev 1970-yili Toshkentda tug‘ilgan, moda olamining yorqin namoyondalaridan biri. Vaqtida Bouton modalar uyiga direktorlik qilgan, unga mashhurlik modelyer Stella Ndombi bilan birgalikda yaratgan Boxer Second Skin kolleksiyasidan so‘ng kelgan.

Hozirda Rossiyada ijod qilib, Alla Pugachyova, Zemfira, Natasha Korolyova, Sofiya Rotaru, Filipp Kirkorov kabi estrada yulduzlari bilan hamkorlikda ishlaydi.

Bundan tashqari amerikalik taniqli qo‘shiqchi va aktrisa Jennifer Lopes, Britaniyaning dunyoga mashhur Queen hamda The Rolling Stones rok-guruhlari, shuningdek, Backstreet Boys pop-guruhi iyun—iyul oylari davomida Los-Anjeles, San-Fransisko, Nyu-York, Mayami shaharlarida o‘z konsert dasturlarini taqdim etadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 18:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 33) ( 0) ( 32) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют