» » 6-iyun kuni O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi

6-iyun kuni O‘zbekistonda havo bulutli bo‘ladi


“O‘zgidromet” 6-iyun kuni kutiladigan ob-havo haqida ma’lumot berdi.

Toshkentda havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 18-20, kunduzi 28-30 daraja iliq bo‘ladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 33-35 daraja issiq bo‘ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo bulutli bo‘ladi, yomg‘ir yog‘ishi kutiladi. Sharqdan sekundiga 5-10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 32-37 daraja issiq bo‘ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida momaqaldiroq bo‘lib, vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo‘ladi, momaqaldiroq bo‘lib, yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 17-22, kunduzi 28-33 daraja issiq bo‘ladi.

Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida yomg‘ir yog‘ishi mumkin. Sharqdan sekundiga 7-12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 15-20, kunduzi 25-30 daraja iliq bo‘ladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 19:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 56) ( 0) ( 55) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют