» » YouTube shovinistik videolarni taqiqladi

YouTube shovinistik videolarni taqiqladi


YouTube videoservisi o‘z saytida shovinistik materiallarga qarshi kurash kuchaytirilganini e’lon qildi, deb xabar berdi “Zakon.kz”.

E’londa aytilishicha, kompaniya 2017-yildayoq shovinistik kontentga ega bo‘lgan materiallarga qarshi tavsiya qilish va izoh yozishni cheklash ko‘rinishida keskin choralar joriy etgan. YouTube ma’lumotiga ko‘ra, buning natijasida bunday materiallarni ko‘rish darajasi o‘rtacha 80 foizga kamaygan.

“Bugun biz (5-iyun kuni) qandaydir guruhning yosh, jins, din, jinsiy qarash, yoki boshqa jihatlarga ko‘ra ustunligini ko‘rsatadigan videolarni taqiqlagan holda yangi bosqichga qadam tashlaymiz”, — deb ma’lum qilgan kompaniya.

YouTube videoxostingi 2005-yilda ishga tushirilgan. Uning daromadining asosiy manbasi foydalanuvchilar tomonidan videolavhaning boshi yoki uni tomosha qilish vaqtida ko‘rsatiladigan reklama hisoblanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 10:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 88) ( 0) ( 87) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют