» » Iroq razvedkasi al-Bag‘dodiy haqida oxirgi ma’lumotni taqdim etdi

Iroq razvedkasi al-Bag‘dodiy haqida oxirgi ma’lumotni taqdim etdi


Iroq harbiy razvedkasi IShID terrorchilik uyushmasi rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy haqida so‘nggi ma’lumotlarni taqdim etdi, deb xabar berdi Sputnik.

Razvedka ma’lumotlarga qaraganda, al-Bag‘dodiy Iroq va Suriya o‘rtasidagi chegara hududlari, Xoms provinsiyasi, Iroq cho‘llari va Turkiya bilan chegaradagi qurolli kuchlar bo‘lmagan hududlarda harakat qilgan.

Aprel oyida, 2014-yildan beri ilk marta, IShID terrorchilik uyushmasi rahbari Abu Bakr Al-Bag‘dodiy aks etgan videoyozuv paydo bo‘lgandi. Video reolik qachon va qayerda olingan aytilmagan.

Bag‘dodiyga o‘xshagan kishi, u pastki qismi qizg‘ish rangga bo‘yagan soqol qo‘ygan. Boshqa video ishtirokchilari bilan suhbat chog‘ida u IShIDning nazoratida qolgan so‘nggi hudud — Suriyaning Baguz shahri mag‘lubiyatga uchraganini tan oladi. AQSh ittifoq kuchlari Baguz ustidan bir oy oldin nazorat o‘rnatilganini rasman e’lon qilgandi.

So‘nggi yillarda Al-Bag‘dodiyning yo‘q qilingani haqida bir necha marta xabarlar paydo bo‘lgan, biroq bu ma’lumotlar rasman tasdiqlanmagan edi.

2018-yil avgust oyida al-Sumaria telekanali Iroq razvedkasidagi manbaga asoslanib, Al-Bag‘dodiy og‘ir jarohat olgandan so‘ng falaj bo‘lib qolgan va terrorchilik uyushmani boshqarmayotgani haqida xabar bergandi.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 89) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют