» » IShID yetakchisi Iroqdan Suriyaga taksida ko‘chib o‘tdi

IShID yetakchisi Iroqdan Suriyaga taksida ko‘chib o‘tdi


IShID terrorchilik tashkiloti rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy Iroqdan Suriyaga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda Misrning Ad Dustour gazetasi Iroq razvedkasidagi manbasiga tayanib xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, al-Bag‘dodiy Iroqning Anbar viloyatidan taxminan Dayr-az-Zorga ko‘chib o‘tgan. IShID rahbari o‘zining ko‘chib o‘tayotgani maxfiyligini ta’minlash maqsadida ko‘zga tashlanmaydigan avtomobil — oddiy sariq taksidan foydalangan.

28-sentabr kuni al-Bag‘dodiy o‘z orqadoshlariga murojaat qilgan edi. Murojaatga ko‘ra, al-Bag‘dodiy Suriya va Iroq hukumat qo‘shinlari bilan IShID a’zolari o‘rtasidagi qurolli to‘qnashuvlar zonalarida sodir bo‘layotgan voqealardan xabardor ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Joriy yilning iyun oyida Rossiya Mudofaa vazirligi IShID rahbari Raqqa shahri yaqinida aviazarbalar natijasida halok bo‘lgan bo‘lishi mumkinligi haqida xabar tarqatgandi. Biroq ushbu ma’lumot o‘z isbotini topmadi: Iroq IIV al-Bag‘dodiy tirik va Suriya hududida yashirinishni davom etayotganini ma’lum qilgandi.

Опубликовано: admin (6-11-2017, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 41) ( 0) ( 39) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют