» » Britaniyalik arxitektorlar “yangi Toshkent” bosh rejasini taklif etdi (video)

Britaniyalik arxitektorlar “yangi Toshkent” bosh rejasini taklif etdi (video)


Britaniyalik arxitektorlar Toshkent shahri yonida “yangi Toshkent” bosh rejasini taklif qildi, deb xabar qilmoqda Sputnik.

Unga ko‘ra hozirgi Toshkent shahrining janubi-sharqiy tomonida umumiy maydoni 20 000 gektar bo‘lgan yangi shahar barpo etiladi. U yerda turar joylar, ma’muriy binolar, biznes siti va boshqa binolar paydo bo‘ladi. Shuningdek, arxitektorlar Chirchiq daryosi o‘rtasida ulkan orol qurishni taklif etdi.

Yangi shahar konsepsiyasida dam olish hududlari va yashil bog‘ zonalar, daryo va kanallar bo‘yida piyoda sayr qilish hududlari ulushi kengaytirilishi ham aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, Toshkent yangi bosh rejasini 2019-yilning aprel oyiga qadar yaratish e’lon qilingan edi. Ayni damda Xitoy, Turkiya va Buyuk Britaniyalik arxitektorlar o‘z rejalarini taklif qilmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 23) ( 0) ( 22) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют