Rasman: Starrij va Moreno “Liverpul”ni tark etadi
“Liverpul”ning ikki nafar o‘yinchisi — hujumchi Deniel Starrij hamda himoyachi Alberto Moreno jamoani tark etadi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.
29 yoshli angliyalik hamda 26 yoshli ispaniyalik futbolchi shartnoma muddati tugashi (30-iyun) sababli “Enfild”ni erkin agent sifatida tark etadi.
Eslatib o‘tamiz, Starrij 2013-yilning yanvar oyida “Liverpul” tarkibiga “Chelsi”dan kelib qo‘shilgandi. U “qizillar” safida umumiy hisobda 160 ta uchrashuvda maydonga tushib, 67 ta gol urdi.
Moreno esa 2014-yilning avgust oyida “Sevilya”dan kelgandi. U 141 ta bellashuvda 3 ta gol urdi. Ikkala futbolchi ham “Liverpul” bilan birgalikda Yevropa Chempionlar Ligasida g‘olib bo‘ldi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Manba: Daryo.uz