» » Rasman: Xames “Bavariya”ni tark etadi

Rasman: Xames “Bavariya”ni tark etadi


“Bavariya” yarim himoyachisi Xames Rodriges jamoani tark etadi. Bu haqda Myunxen klubining rasmiy saytida xabar berildi.

27 yoshli xavbek faoliyatini “Bavariya”da davom ettirmasligini ma’lum qildi va klub rahbariyati bunga qarshilik qilmaydigan bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, kolumbiyalik 2017-yilning yozida myunxenliklar safiga “Real”dan ijara asosida kelgandi.

Ma’lumot uchun, Xames 2 yil mobaynida “qizillar” tarkibida 67 ta uchrashuvda maydonga tushib, 15 ta gol urdi hamda 20 ta golga assistentlik qildi.

Endilikda futbolchi “Real”ga qaytadi, biroq “Qirollik klubi” Xamesni sotib yubormoqchi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 13:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют