» » O‘zbekistonda kunduzi chiroqlarni yoqmagani uchun jarimaga tortilgan haydovchilar ishi nima bo‘ladi?

O‘zbekistonda kunduzi chiroqlarni yoqmagani uchun jarimaga tortilgan haydovchilar ishi nima bo‘ladi?


Vazirlar Mahkamasining 4-iyun kungi 460-sonli qarori bilan kunduzi chiroq yoqib harakatlanish talabi 2021-yil 1-yanvardan boshlab kuchga kirishi belgilab qo‘yildi.

Kunduzi chiroq yoqib yurishga oid qoida rasman kuchga kirgan kundan to 4 iyun (ushbu talab bekor bo‘lgan kun)ga qadar kunduzi chiroq yoqib yurmagan haydovchilarga nisbatan rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalarning taqdiri nima bo‘ladi?

Xushnud Xudoyberdiyevning bildirishicha, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 9-moddasiga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikni yengillashtiruvchi yoki bekor qiluvchi hujjatlar orqaga qaytish kuchiga egadir, ya’ni ushbu hujjatlar chiqqunga qadar sodir etilgan huquqbuzarlik hollariga ham taalluqli.

Kodeksning 271-moddasiga ko‘ra ma’muriy javobgarlikni belgilovchi hujjat bekor qilingan bo‘lsa, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ishlarni yuritishni boshlash mumkin emas, boshlangan ish esa tugatilishi lozim.

Qonunning yuqoridagi talablaridan kelib chiqib, xulosa qilish mumkinki, 2019- yil 4-iyunga qadar haydovchilarga nisbatan kunduzi chiroq yoqib yurmagani uchun rasmiylashtirilgan ma’muriy bayonnomalar bekor qilinishi va ma’muriy bayonnoma bekor bo‘lishining huquqiy oqibatlari qo‘llanishi lozim.

Bunda haydovchilar quyidagi 2 xil holatdan birida bo‘lishi mumkin:

1) ma’muriy bayonnoma tuzilgan, lekin hali jarima to‘lanmagan;

2) tuzilgan ma’muriy bayonnoma asosida jarima allaqachon to‘lab qo‘yilgan.

Birinchi holatda, hech qanday bahs yoki munozaraga o‘rin yo‘q, ma’muriy bayonnomalar uni tuzgan organning o‘zi tomonidan bekor qilinishi lozim va jarima to‘lash shart bo‘lmaydi. Agar ichki ishlar organlari ma’muriy bayonnomalarni bekor qilishdan bosh tortsa, unda sudga murojaat qilish va MJtKning 9-moddasini qo‘llashni so‘rash talab etiladi.

Ikkinchi holat biroz bahsli. Garchi nazariy jihatdan jarimalar qaytarilishi kerak bo‘lsa-da, lekin bu unchalik oson bo‘lmaydi. Ya’ni jarimalar avtomatik ravishda qaytarilishidan ko‘p ham umid qilmaslik kerak, davlat byudjetiga tushgan pul osongina qaytib chiqmaydi. Buning uchun haydovchilar jarima to‘langan hududdagi Ma’muriy sudga ariza bilan murojaat qilish lozim bo‘ladi.

Lekin sudning yugur-yuguri to‘langan 101 ming so‘mlik jarimaga arzishi yoki arzimasligini ham hisobga olish lozim. Boz ustiga sudda yutib chiqish kafolatlanmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (6-06-2019, 14:44)
+1 (голосов: 1)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 119) ( 0) ( 118) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют