» » Xushnud Xudoyberdiyev: O‘zbekistonda avtomobillar kunduzi chiroq yoqib yurishi bo‘yicha talabning kechiktirilishi jamoatchilikning g‘alabasi bo‘ldi

Xushnud Xudoyberdiyev: O‘zbekistonda avtomobillar kunduzi chiroq yoqib yurishi bo‘yicha talabning kechiktirilishi jamoatchilikning g‘alabasi bo‘ldi


Bundan buyon toki 2021-yil 1-yanvarga qadar kunduzi chiroq yoqib yurish shart emas. Hukumat qaroriga Xushnud Xudoberdiyev shunday izoh bergan.

“Siz bemalol bugundan boshlab chiroqlaringizni o‘chirib yurishga haqqingiz bor, buning uchun hech kim Sizni jarimaga tortmaydi. Rasman shunaqa bo‘ldi.

Barcha mashinalar chirog‘ini yoqmay yursa bo‘ladimi?

Yo‘q, barcha emas. Quyidagi hollarda mashinalar 2021-yilni kutib o‘tirmasdan hozir ham chirog‘ini yoqib yurishga majbur:

transport vositalari tashkiliy jamlanma (kolonna) safida harakatlanayotganda;

yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida;

bolalar guruhini tashkiliy tashishda;

xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda;

mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida);

mototsikl va mopedlarda.

Shuningdek, avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlangan mashinalarga ham bu talab saqlanib qoldi (chunki ularda shundoq ham yonib yurardi).

2020-yil 1-yanvardan boshlab ichki bozor uchun chiqadigan barcha mashinalarga avtomatik yonadigan kunduzgi chiroqlar o‘rnatish majburiy bo‘ladi. Shuningdek, xorijdan olib kiriladigan mashinalarga ham bunday talab qo‘yiladi. Kelgusida kunduzi chiroq yoqmaganligi uchun jarimalar miqdori kamaytiriladi”, — deya tushuntirish bergan Xushnud Xudoyberdiyev.

Xushnud Xudoyberdiyevga ko‘ra, bu shubhasiz jamoatchilikning g‘alabasi bo‘ldi. Xalqimizda “taqillatilgan eshik bir kunmas bir kun ochiladi” degan naql bor. Ha, o‘sha eshik va nihoyat ochildi. Garchi yong‘in xavfsizligi xodimlari o‘z tillari bilan mashina yonishiga aynan kunduzi chiroq yoqib yurish sabab bo‘lganligini aytishgan bo‘lsa-da, lekin Ichki ishlar vazirligi butun xalqni yong‘inlar bundan emasligiga ishontirishga harakat qildi, qaror loyihasini ishlab chiqishdagi o‘zlarining xatolarini tan olgisi kelmadi.

Lekin shunday bo‘lsa-da jamoatchilik nazorati kamdan-kam uchraydigan g‘alabalaridan biriga erishdi. Bu g‘alabada ijtimoiy tarmoqlardagi xalqning e’tirozlari, OAVlardagi maqolalar, “Munosabat” tok-shousidagi muhokama va 2-3 nafar jonkuyar deputat, umuman, juda ko‘pchilikning hissasi bor. Barcha muammolarga shunday bir yoqadan bosh chiqarib  birlashilsagina biror natijaga erishsa bo‘ladi. Xullas, g‘alaba muborak!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (5-06-2019, 16:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют