» » Suriyaga qarshi o‘ynay olmaydigan Vitaliy Denisov Qatarga qarshi Toshkentdagi o‘yinda maydonga tushmoqchi

Suriyaga qarshi o‘ynay olmaydigan Vitaliy Denisov Qatarga qarshi Toshkentdagi o‘yinda maydonga tushmoqchi


O‘zbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Vitaliy Denisovning jarohati avvalroq aytilgani kabi jiddiy bo‘lib chiqmadi. Bu haqda Moskvaning “Lokomotiv” klubi bosh murabbiyi Yuriy Syomin “TASS” nashriga ma’lumot berdi.

Avvalroq “Chempionat” Denisovning Suriya va Qatarga qarshi uchrashuvlarda O‘zbekiston termasiga yordam bera olmasligi haqida yozgandi. Bunda nashr 19-mart — yakshanba kuni o‘tkazilgan tibbiy tekshiruvlarga asoslangan bo‘lishi mumkin.

“TASS” esa Yuriy Syomindan iqtibos keltirgan. Mutaxassis so‘zlariga ko‘ra, Denisov katta ehtimol bilan Suriya bilan o‘yin uchun Kuala-Lumpurga bora olmaydi. Biroq Toshkentda o‘tadigan Qatarga qarshi uchrashuvda jamoadoshlariga yordam berishi mumkin. Himoyachi “Lokomotiv”ning keyingi rasmiy o‘yiniga qadar optimal formasiga kirib olishi taxmin qilingan.

Ma’lumot uchun, Vitaliy Denisov “temiryo‘lchilar”ning Rossiya Premyer-ligasi doirasidagi “Spartak”ga qarshi o‘yini vaqtida jarohat olgandi.

Опубликовано: admin (21-03-2017, 13:13)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 77) ( 0) ( 75) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют