» » Pavel Durov Telegramni rivojlantirish uchun roza tutishni boshladi

Pavel Durov Telegramni rivojlantirish uchun roza tutishni boshladi


VKontakte va Telegram asoschisi Pavel Durov ozining gastronomik parhezi hamda uning ishi va hayotiga tasiri haqida sozlab berdi, deya xabar qiladi TJournal.

Telegram asoschisi bir yil oldin tuxum, fruktoza, sut mahsulotlari va glyuten istemol qilishdan voz kechgan bolsa, 2019-yilning mayidan boshlab dengiz mahsulotlarini istemol qilish bilan cheklanmoqda. Yaqinda esa har qanday taomlardan voz kechib, faqat suv ichish bilan yashashga otgan. Uning sozlariga kora, bu Durovga teranroq fikrlashga yordam bermoqda.

Ushbu oyda biroz radikalroq yolni tanlayman hech qanday ovqat istemol qilmayman. Olti kundan beri shunday hayot kechirmoqdaman va hozircha ozimni yaxshi his qilyapman. Umuman ovqat yemaslik fikrlashni tiniqlashtirgani sabab prodakt-menejment sohasida kop naralarni amalga oshirdim.

Roza tutish ovqat hazm qilish tizimini tozlash va qayta ishga tushirish, shuningdek, immun tizimini ovqatlardan tozlashdan boshqa ishlar bilan shugullanishiga imkon beradi. Ovchilik va termachilik bilan shugullangan ajdodlarimiz malum bir vaqt ovqatsiz yashagan, shu sabab tanamiz evolyutsion jihatdan bunga tayyor bolibgina qolmay, aslida yiliga bir marta bolsada buni amalga oshirishimizni kutadi. Mana nima uchun koplab dinlarda roza tutish bor bu tana va ruh uchun foydali.

Tabiiyki men buning natijasida qanchadir mushak massalarimni yoqotaman, biroq roza tutish davomida Telegramdagi millionlab foydalanuvchilarimiz uchun yangidan-yangi ajoyib goyalarni oylab topishimga ishonchim komil. Foydalanuvchilarimiz hayotini yengillashtirish esa mening birinchi darajali maqsadim, deydi Pavel Durov.

Bundan tashqari Durov Finlyandiya va Shveysariyada sovuq suvda chomilish ish samaradorligini oshirishiga yordam berayotganini takidlab otgan.



Manba: Daryo.uz
: admin (7-06-2019, 07:29)
0 (: 0)
. !

!


vote-icon
?

?
( 7) ( 0) ( 5) ( 2)
:
-
:
20 ... -