» » Yoqilmagan chiroq uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan haydovchilarga puli qaytariladimi?

Yoqilmagan chiroq uchun ma’muriy javobgarlikka tortilgan haydovchilarga puli qaytariladimi?


Toshkentda Adliya vazirligi tomonidan qonun hujjatlari mazmun-mohiyati va ahamiyatini aholiga yetkazish bo‘yicha ishlar samaradorligini oshirish maqsadida “Qonunchilikdagi yangiliklar” mavzusida matbuot anjumani o‘tkazildi, deb yozadi O‘zA.

Kuni kecha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida“gi qarori qabul qilindi.

Endilikda 2021-yil 1-yanvarga qadar kunning yorug‘ vaqtida yaqinni yorituvchi chiroqlarini yoki kunduzgi signal chiroqlarini yoqib harakatlanishi shartligi bo‘yicha talab avtomatik yonib turuvchi kunduzgi signal chiroqlari bilan jihozlanmagan avtomototransport vositalariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Kunning yorug‘ vaqtida transport vositalari tashkiliy jamlanma safida harakatlanayotganda, yo‘lovchilarni tashiyotgan avtobus va yo‘nalishli transport vositalarida, bolalar guruhini tashkiliy tashishda, xavfli, katta o‘lchamli va og‘ir vaznli yuklarni tashishda, mexanik transport vositalarini shatakka olishda (shatakka olib ketayotgan transport vositasida), motosikl va mopedlarda yaqinni yorituvchi chiroqlar yoqilishi kerak.

Endilikda chet eldan import qilinadigan avtomototransport vositalarida kunduzgi signal chiroqlarining mavjudligi sertifikatsiyadan o‘tkazish uchun majburiy texnik talab sifatida belgilanadi. Import avtomobillarning ham shunday avtomatik yonadigan chiroqlari bo‘lmasa, mamlakat ichkarisiga olib kirilishiga ruxsat berilmaydi.

Ayni vaqtgacha mazkur qaror yuzasidan ma’muriy javobgarlikka tortilgan haydovchilarga puli qaytarilmaydi. Lekin bayonnoma rasmiylashtirilgan, ammo to‘lashga ulgurmagan haydovchilar uchun bu bayonnoma bekor qilindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 61) ( 0) ( 59) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют