» » Tereza Mey Britaniya Konservatorlar partiyasi yetakchiligidan ketadi

Tereza Mey Britaniya Konservatorlar partiyasi yetakchiligidan ketadi


Tereza Mey Buyuk Britaniya Konservatorlar partiya yetakchiligidan ketadi. “Exo Moskvi”ning yozishicha, shundan so‘ng u mamlakat bosh vaziri lavozimini ham tark etadi.

Mey rahbarlik lavozimlaridan ketishi haqida 24-may kuni ma’lum qilgan edi. U shu yo‘l bilan hukumatni Buyuk Britaniyani Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqarish bilan bog‘liq muammolardan xalos etishga umid qilmoqda.

Dauning-stritda chiqish qilar ekan, Mey Brexit tarafdorlari g‘olib bo‘lgan 2016-yilgi referendum natijalarini amalga oshirish uchun barcha imkoniyatlarni ishga solganini, lekin buning uddasidan chiqa olmaganidan doim afsuslanishini aytgan.

Konservatorlar yetakchiligi lavozimini tark etgach, Mey partiyaga yangi rahbar tayinlangunga hukumatga vaqtincha rahbarlik qiladi. Bu jarayon 10-iyundan boshlanib, iyul oyi o‘rtalarigacha davom etadi.

Hozirda 11 nafar nomzod saylovlarda ishtirok etish istagini bildirgan. Ular orasida Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirligining sobiq va amaldagi rahbarlari Boris Jonson va Jeremi Xant, Brexit bo‘yicha sobiq vazir Dominik Raab, qirollik Ichki ishlar vazirligi rahbari Sajid Javid ham bor.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 18:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 86) ( 0) ( 85) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют