» » Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayoni boshlandi

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqish jarayoni boshlandi


Buyuk Britaniya Yevroittifoqni tark etish istagini Yevropa Ittifoqiga rasman bildirdi va shu bilan “Brekzit” jarayonini boshladi.

Meduza’ning xabar berishicha, Britaniya bosh vaziri Tereza Meyning bu haqdagi tegishli maktubini Yevropa Kengashi raisi Donald Tusk qabul qilib olgan.

Mey mazkur murojaatni 28-mart kuni imzolagan edi, uni Bryusselga Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqidagi elchisi Tim Barrou yetkazdi. Unda rasmiy London Yevropa Ittifoqi haqidagi shartnomaning 50-moddasini ishga tushirgani bildirilgan.

Buyuk Britaniyaning Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqishi jarayoni ikki yil davom etishi kutilmoqda.

Britaniyaliklar 2016-yil yozida bo‘lib o‘tgan referendumda Yevropa Ittifoqi tarkibidan chiqish uchun ovoz bergan edi. Shundan so‘ng mamlakat parlamenti va qirolicha Yelizaveta II jarayonni ma’qullashini bildirdi.

“Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — @toshqindaryo’ga a’zo bo‘ling!

Опубликовано: admin (29-03-2017, 17:43)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 91) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют