» » Andijonda an’anaviy xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi

Andijonda an’anaviy xalqaro anjuman o‘z ishini boshladi


Andijon davlat tibbiyot instituti professor-o‘qituvchilari tashabbusi bilan viloyatda “Profilaktik tibbiyot: bugun va ertaga” mavzusida xorijiy olimlar ishtirokidagi an’anaviy ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi. Bu haqda institut matbuot xizmati kotibi “Daryo”ga xabar berdi.

Ochilish marosimida viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov, Sog‘liqni saqlash vaziri, Jahon sog‘liqni saqlash Assambleyasining vitse-prezidenti Alisher Shodmonov, Toshkent davlat pediatriya tibbiyot instituti professori Sh.Ahmedov, Germaniya hamkorlik tashkiloti (GIZ)ning O‘zbekistondagi vakili E.Toteva hamda AQSh, Germaniya, Turkiya, Ukraina, Hindiston, Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston kabi davlatlardan tashrif buyurgan taniqli olim va professorlar, O‘zbekistondagi tibbiyot oliygohlarining malakali mutaxassislari, magistr, ordinator va talabalar ishtirok etdi.

Tadbir avvalida so‘zga chiqqan Sog‘liqni saqlash vaziri, Jahon sog‘liqni saqlash Assambleyasining vitse-prezidenti A.Shodmonov O‘zbekistonda tibbiyot tizimida amalga oshirilayotgan yutuqli natijalarga alohida to‘xtalib, Andijonda profilaktika yo‘nalishida katta o‘zgarishlar bo‘layotganligini va sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlarning ijrosi bo‘yicha muayyan ishlar olib borilayotganligini ta’kidlab o‘tdi. Mazkur anjuman ham O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 2018-yilning 18-dekabrida imzolangan “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasi, sog‘lom turmush tarzinpi qo‘llab-quvvatlash va aholining jismoniy faolligi darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlashga qaratilganligigaalohida urg‘u berdi.

Kun tartibidan o‘rin olgan dolzarb mavzular bo‘yicha ADTI professori, akademik N.Mamasoliev “Yuqumli bo‘lmagan kasalliklar skriningi va profilaktikasi: 2019-yil innovatsiyalari, global yakunlari”, Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi professori R.Mamutov  “O‘tkir miokard infarkti milliy registrini yaratish istiqbollari”, professor A.Yuldashev “Ichaklar normal mikrobiosenozi – barkamol rivojlanish va kasalliklar profilaktikasi asosi”, hindistonlik mutaxassis Sunil Prakash “Buyrak transplantatsiyasi: davolanmaydiganni davolash”,  AQShning Michigan universiteti professori A.Dadaboev “Turli surunkali og‘riqlarda ratsional farmakoterapiya prinsiplari” mavzusida ma’ruza qildilar.  Shuningdek, ishtirokchilar onalik va bolalik, ichkiva xirurgik kasalliklar hamda tibbiy-biologik fanlar bo‘yicha global mavzularda so‘z yuritib, mahorat darslarini olib bordi.

Ushbu xalqaro anjuman davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (7-06-2019, 23:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 72) ( 0) ( 72) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют