» » Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi vitse-prezidenti etib saylandi

Alisher Shodmonov Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi vitse-prezidenti etib saylandi


Jenevada Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasining 72-sessiyasi o‘z ishini boshladi. Bu haqda TIV matbuot xizmati xabar bermoqda.

O‘zbekistonning Jenevadagi doimiy vakolatxonasiga ko‘ra, assambleyaning Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) Yevropa mintaqasi bo‘yicha vitse-prezidenti etib Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov saylangan.

Jahon sog‘liqni saqlash assambleyasi JSST oliy organi bo‘lib, uning faoliyatida tashkilotga a’zo barcha davlatlar delegatsiyalari ishtirok etadi. Uning asosiy vazifalari sirasiga tashkilot faoliyati yo‘nalishlarini belgilash, uning bosh direktorini saylash, budjetini tasdiqlash va nazorat qilish kiradi.

Assambleya raisi va uning 5 nafar o‘rinbosari JSSTning har bir hududidan bittadan saylanadi hamda assambleya sessiyalarida navbati bilan raislik qiladi.

O‘zbekistonning sog‘liqni saqlash sohasidagi yutuqlari assambleya ochilish marosimida JSST bosh direktori Tedros Gebreyesusning chiqishida ham qayd etildi. U, jumladan, O‘zbekiston dunyoning oz sonli davlatlari qatorida o‘z hududida bezgakni to‘liq yo‘q qilishga erishganini ta’kidlagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (21-05-2019, 08:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 91) ( 0) ( 90) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют