» » Rasman: Eden Azar “Real” futbolchisiga aylandi

Rasman: Eden Azar “Real” futbolchisiga aylandi


Madridning “Real” klubi “Chelsi”dan Eden Azarni sotib olganini e’lon qildi. Bu haqda klubning rasmiy saytida xabar berildi.

28 yoshli futbolchi bilan 5 yillik bitim tuzilgan. “Real” Azar uchun bonuslar bilan birga hisoblaganda 130 milllion funt to‘laydigan bo‘ldi. Bu esa madridliklarning yangi transfer rekordi hisoblanadi.

Azarning Madriddagi tanishtiruv marosimi 13-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.

Ma’lumot uchun, Eden Azar “Chelsi” safida 7 mavsumni o‘tkazdi. U bu davrda 352 ta o‘yin o‘tkazib, 110 ta gol urdi. 2 karra Angliya chempioni bo‘ldi. Angliya Liga Kubogi va mamlakat kubogiga ega chiqdi. Shuningdek, 2 marta Yevropa Ligasi g‘olibi bo‘ldi.

Qayd etish joiz, Jamoaning avvalgi transfer rekordi 2013-yilda Garet Beyl orqali o‘rnatilgandi. O‘shanda “Qirollik klubi” Beylni “Tottenhem”dan 85,3 million funtga sotib olgandi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 08:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют