» » Toshkentda mudhish YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi

Toshkentda mudhish YTH oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi


Mirzo Ulug‘bek tumanida, Toshkent halqa avtomobil yo‘lida (Crafers zavodi) 7-iyun kuni soat taxminan 22:10 da YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda IIBB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 22 yoshli piyoda G.I. yo‘lni belgilanmagan joydan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan 25 metr narida kesib o‘tayotgan bo‘lgan. Lacetti’ning 41 yoshli haydovchisi X.X. piyodani urib ketgan. Shundan so‘ng u boshqaruvni yo‘qotib, 49 yoshli Yu.A. boshqaruvidagi Cobalt mashinasi bilan to‘qnashgan. Lacetti urib ketishi oqibatida piyoda 39 yoshli K.D. boshqaruvida bo‘lgan Shacman yuk mashinasi ostida qolgan.

Oqibatda piyoda G.I. va Lacetti yo‘lovchisi 38 yoshli O.M. voqea joyida halok bo‘lgan. Cobalt yo‘lovchisi, 23 yoshli Yu.A. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Lacetti haydovchisiga tibbiy yordam ambulator sharoitda ko‘rsatilgan, shundan keyin u kasalxonadan chiqarilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, YTHga piyoda yo‘lni belgilanmagan joydan, piyodalar o‘tish yo‘lagidan 25 metr naridan kesib o‘tayotgani sabab bo‘lgan. Lasetti haydovchisining aybdorlik darajasi esa tergov davomida aniqlanadi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (8-06-2019, 14:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 80) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют