» » Haftalik dayjest: Prezidentcha palov, farani o‘chirgan faollar va aeroportdagi “akvaport”

Haftalik dayjest: Prezidentcha palov, farani o‘chirgan faollar va aeroportdagi “akvaport”


“Daryo” saytida  haftaning eng muhim va muhokamali xabarlari sharhini boshlaymiz.

Tabiat yana yurtimizni kuchli yomg‘ir bilan siyladi. Bu yomg‘irdan esdalik sifatida Toshkent aeroportining “akvaport”ga aylangani fotosurat va videolari qoldi. Islom Karimov nomidagi aeroportning uchib kelish zali va terminal yaqinidagi obyektlarni suv bosganini butun mamlakat ahli ko‘rib, quruvchilardan hafsalasi pir bo‘ldi.

Aeroport xodimi drenaj tizimi suvga to‘lib qolgani bilan holatni izohlashdan nariga o‘tmadi. Yomg‘ir faqat aeroportni emas, butun Toshkentni suvga cho‘miltirgani videolari tarqaldi. “Obi rahmat”dan samarqandliklar va beshariqliklar ham benasib qolgani yo‘q: bu yerlarda ham kuchli sel va jala quydi.

* * *

O‘zbekiston prezidentining birgina fotosurati uni xalqqa juda yaqinlashtirib yubordi. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida otasining oddiy o‘choqda osh pishirayotgan suratini chop etdi. Shavkat Mirziyoyev uy kiyimida, oyog‘ida esa krossovka. Ushbu post minglab marta ulashildi, yuzlab izohlar yozildi. Xususan, tarmoq a’zolaridan birining “Prezidentimizning uyida ham gaz yo‘q ekan” degan hazil izohi boshqalar tomonidan tabassum bilan qarshi olindi. Shavkat Mirziyoyev kiygan italyancha ko‘kish krossovka esa birdan mashhur bo‘lib ketdi.

* * *

O‘tgan oylar ichida deputatlar va ko‘plab fuqarolar kunduzi avtomobil chirog‘ini yoqib yurishi lozimligi haqidagi qoidani bekor qilishni so‘rab hukumatga murojaat qilgandi. Ushbu harakatlar o‘z mevasini berib, O‘zbekistonda avtomobil chiroqlarini yoqib yurish bo‘yicha talab ikki yilga uzaytirildi. Endi faralar bo‘yicha talab haydovchiga emas, mashina ishlab chiqaruvchiga qo‘yiladi. 2021-yilning 1-yanvarigacha avtomatik yonuvchi kunduzgi chirog‘i bor mashinalargina farasini yoqib yuradi, boshqalarga bu qoida tatbiq etilmaydi. Shuningdek, qoidabuzarlar uchun jarima miqdori ham kamaytiriladi.

* * *

Ushbu hafta yurtimizda musulmon olamining muqaddas bayrami – Ramazon hayiti nishonlandi. Oy ko‘rish orqali hayit kunini belgilash bu yil ham kichik tortishuvlarni keltirib chiqardi. Taniqli ulamo Mubashshir Ahmad “Muftiyning so‘zi hal qiluvchi”, deya yurtimiz musulmonlarini ixtiloflashmaslikka chorladi. Bu borada marhum Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning fikrlari videosi e’lon qilindi. Shunday qilib, 5-iyun kuni saharlab musulmonlar hayit namozini ado qildi. Viloyatlarda hayit munosabati bilan turli ehsonlar uyushtirildi, taksilar bepul xizmat qildi.

* * *

Milliarder Alisher Usmonov Namanganda 18 qavatli biznes-markaz quradi. Biznes-markaz kongress zaliga ega, jahon talablariga javob beradigan bo‘ladi. Keyingi xalqaro investitsiya forumlari shu markazda o‘tadi. Asli chustlik milliarderning “osmono‘par”i yurtimizda biznesni rivojlantirishga e’tibor sifatida talqin etilmoqda.

* * *

Biroz unutilgan megaosh pishirish udumi bu safar sirdaryoliklar tomonidan eslandi. 8-iyun kuni gulistonlik palovpazlar 5 tonnali ulkan osh pishirib aholiga bepul tarqatdi. Ammo 2017-yil sentabrida megapalov tarqatilishida ham navbatni ko‘ngildagidek tashkil etilmagani bu safar ham yodga tushdi. Chunki sirdaryolik osh ishqibozlari tartibli navbat tashkil eta olmadi. Tartibsizlik videolari turli kanallarda tarqalib, tanqidlarga sabab bo‘ldi.

* * *

Manbasi keltirilmagan xabarlarga ko‘ra, yurtimizda AES qurilishi masalasida depsinish kuzatilmoqda. Garchi qurilishga mas’ul rasmiylar va boshqa mutaxassislar AESning xavfsiz va foydali tok manbai ekanini ta’kidlayotgan bo‘lsa-da, so‘lim Jizzax viloyatida qurilishi rejalashtirilayotgan atom elektr stansiyasi juda ko‘plab faollarning xavotiriga sabab bo‘ldi. Aytish lozimki, bu xavotirlarga AQSh kinoijodkorlari ishlagan “Chernobil” filmi yaxshigina turtki berdi (ushbu serialga “Daryo” kolumnisti Eldar Asanovning taqrizini o‘qing). O‘nga yaqin bloger AES xavotiri yuzasidan o‘z blogida mulohazalarini chop etdi. Asosiy xavotirlar AESning ekologik xavfi, tinchlikka tahdidi, shuningdek, siyosiy vositaga aylanmasligi yuzasidandir.

“Daryo” yangiliklarini kuzatib boring. O‘zbekiston va dunyo xabarlaridan eng birinchi xabardor bo‘ling.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 09:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 62) ( 0) ( 60) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют