» » AQSh Davlat departamenti Green Card lotereyasida qatnashish shartlarini o‘zgartirdi

AQSh Davlat departamenti Green Card lotereyasida qatnashish shartlarini o‘zgartirdi


5-iyun kuni AQSh Davlat departamenti asosiy murojaatchi o‘z fuqarosi bo‘lgan mamlakat haqidagi pasport ma’lumotlarini taqdim etishi kerakligi haqida qaror chiqardi. Bu haqda Forum Daily xabar berdi.

Bunday ma’lumot pasport raqami, uni bergan davlat va pasportning amal qilish muddati o‘z ichiga oladi.

Davlat departamentining ta’kidlashicha, yangi talab har yili Diversity Visa dasturida qatnashish uchun topshiriladigan ko‘p miqdordagi firibgarlik yo‘li bilan to‘ldirilgan arizalar bilan bog‘liq. Xabarda aytilishicha, ba’zida jinoiy korxonalar o‘zining xabari bo‘lmagan shaxslar nomiga ariza topshiradi.

“Tasdiqlanmagan yozuvlarni topshirgan jismoniy yoki yuridik shaxslar ko‘p hollarda shaxsiy ma’lumotlari DV dasturining tanlangan ma’lumotlarida foydalanilgan shaxslar bilan bog‘lanadi. Ularga vizaga topshirish imkoniyati borligini aytib, to‘lov evaziga chet elga chiqish haqida ma’lumotni saqlaydi”, — deydi Davlat departamenti.

Shuningdek, Departament pasport ma’lumotlarini so‘rash uchinchi shaxslar tomonidan taqdim etilgan soxta yozuvlar sonini kamaytirishini qayd etdi.

Bundan tashqari, Departament ishtirokchi sifatida tanlangan shaxslar barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etmasa va ko‘rsatmalarga rioya qilmasa, diskvalifikatsiya qilinishi haqida aytib o‘tdi.

Amaldagi yo‘riqnomada barcha kerakli ma’lumotlarni taqdim etmaslik diskvalifikatsiya qilinishiga olib kelishi ko‘rsatilmagan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 10:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 84) ( 0) ( 82) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют