» » Megan Markl tug‘uruqdan so‘ng birinchi marta ommaga ko‘rinish berdi (video)

Megan Markl tug‘uruqdan so‘ng birinchi marta ommaga ko‘rinish berdi (video)


Megan Markl o‘g‘li tug‘ilganidan so‘ng birinchi marta turmush o‘rtog‘i shahzoda Garri bilan omma oldida chiqish qildi, deb yozmoqda “Interfaks”.

Ular Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta Ikkinchining tug‘ilgan kunini bu yili ikkinchi marta nishonlayotgan Trooping the Colour an’anaviy harbiy paradida ishtirok etdi.

Qayd etilishicha, paradda 1400 nafar harbiy va 400 nafar musiqachilar ishtirok etgan, 200 ta ot jalb etilgan.

After a fantastic #TroopingTheColour parade the @RoyalFamily say goodbye to the crowds outside Buckingham Palace. #QBP2019 pic.twitter.com/lHZdseLoxQ

— BBC Studios Events (@BBCStudiosLive) June 8, 2019

Marosimni, shuningdek, Kembrij gersogi va gersoginyasi Uilyam va Keyt hamda ularning uch nafar farzandi —  Jorj, Lui va Sharlotta ham kuzatgan.

Shahzoda Garri va Megan Markl 6-may kuni o‘g‘illi  bo‘lgan. Unga Archi Harrison Mauntbetten-Vindzor deb ism qo‘yildi.

Monarxlarning tug‘ilgan kunini iyunda nishonlash 1748-yilda paydo bo‘lgan. Yelizaveta Ikkinchining haqiqiy tug‘ilgan kun 21-apreldir.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 14:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 90) ( 0) ( 88) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют