» » AQShda lotereyada 530 million dollar jekpot yutildi

AQShda lotereyada 530 million dollar jekpot yutildi


AQShda jekpot qiymati 530 million dollar bo‘lgan Mega Millions lotoreyasi o‘ynaldi, deb xabar berdi “Korrespondent.net”. Lotereya saytida yutuq Kaliforniyada sotilgan chiptalardan biriga chiqqani ma’lum qilingan.

O‘yin 7-iyun kuni o‘tkazilgan. Sotilgan chiptada jekpot yutib olish uchun kerak bo‘lgan barcha raqamlar — 17, 19, 27, 40, 68 va oltin “mega-shar” 2 mos kelgan.

Qayd etilishicha, bu Mega Millions tarixida yutib olingan eng katta jekpotlarning yettinchisidir. Agar g‘olib yutuqning barchasini birdan olishni xohlasa, unga faqat 345,2 million dollar beriladi (qolgani soliq va boshqa to‘lovlar ko‘rinishida ushlab qolinadi).

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning oktabr oyida Mega Millions lotereyasi tarixida rekord jekpot bo‘lgan 1,5 milliard dollar o‘ynalgan edi. Keyinchalik chipta Janubiy Karolinada sotilgani ma’lum bo‘lgan. Omadli chipta egasi salkam 878 million dollarni bir martalik naqd pul ko‘rinishida olishga qaror qilgan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 15:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 85) ( 0) ( 83) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют