» » Chirchiqdagi mashg‘ulotlarda shartli dushman havodan tushirilgan maxsus kuchlar tomonidan yo‘q qilindi (foto)

Chirchiqdagi mashg‘ulotlarda shartli dushman havodan tushirilgan maxsus kuchlar tomonidan yo‘q qilindi (foto)


Chirchiq dala-o‘quv maydonida Mudofaa vazirligining maxsus bo‘linmalari hamda Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari hamkorligida shartli dushmanni yo‘q qilish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.

Mashg‘ulotlarning asosiy maqsadi qo‘qqisdan hujumga o‘tgan shartli dushmanni tezkorlik bilan yakson etishga qaratildi.

Dastlab yalanglik orqali hujumga o‘tgan shartli dushman vertolyotlar orqali hududga keltirilgan maxsus bo‘linmalar tomonidan qo‘rshovga olindi va ularning oldinga harakatlanishiga to‘sqinlik qilindi.

Quruqlik orqali maxsus operatsiya kuchlari yengil zirhli texnikalarda ham yetib kelib, qisqa muddat ichida “dushman”ni yer tishlatdi.

Shartli dushman yakson etilgach, desantchilar hududni minalardan tozalash, shartli jarohat olganlarni evakuatsiya qilish bo‘yicha amaliyotga kirishib, belgilangan vazifani muvaffaqiyatli bajardi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 19:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 92) ( 0) ( 90) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют