» » Toshkentda mijoz aeroportdan o‘zi istagan taksida ketishga haqqi bormi?

Toshkentda mijoz aeroportdan o‘zi istagan taksida ketishga haqqi bormi?


Inna Tyan ism-sharifli foydalanuvchi “Potrebitel.uz” guruhida Urganchdan Toshkentga qaytishda aeroportda o‘zi duch kelgan taksichilar tahdidi haqida hikoya qilgan.

“Aeroportdagi taksichilar aytgan narx meni qoniqtirmadi va ‘Yandeks’ taksini chaqirdim. Mahalliy kirakash ortimdan qolmay yurar va ‘Yandeks’da ketmasligimni ta’kidlardi. Shu payt chaqirilgan avto yetib keldi, birok kirakash unga nimanidir tushuntira boshladi va yosh yigit bo‘lgan haydovchi yukxonada joyi kamligini bahona qilib, ketib yubordi.

Boshqasini chaqirdim, kirakash esa hamon ortimdan qolmay yurar va ‘Yandeks’da emas, faqat ularning mashinasida ketishimizni uqtirardi. Ular chaqirilgan keyingi mashina — Nexia haydovchisiga ham tahdid qila boshlaganida chidab turolmay, baqirib berdim. Axir aybim kirakashlardan necha pulga eltib qo‘yishlarini so‘raganimmi? Narx meni qondirmasa boshqa mashinada ketishga haqqim yo‘qmi? Oxiri shunday mojarolar bilan o‘zimiz istagan taksida ketdik”, — deya darg‘azab bo‘ladi foydalanuvchi.

Inna Tyan o‘z postida kirakashlarga nega mijoz o‘zi istagan taksida manziliga ketishlariga yo‘l qo‘ymasliklari, umuman, yo‘lovchi tashish uchun litsenziyalari bor-yo‘qligini so‘ragani, biroq savollari javobsiz qolganini bildirgan. U bo‘lib o‘tgan voqeaga “o‘zi xon, ko‘lankasi maydon” deya baho bergan.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (9-06-2019, 19:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 53) ( 0) ( 51) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют