» » Amerikalik diplomat Vashingtonda tojikistonlik xotinini otib o‘ldirdi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi

Amerikalik diplomat Vashingtonda tojikistonlik xotinini otib o‘ldirdi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi


Amerikalik diplomat tojikistonlik turmush o‘rtog‘i Lola G‘ulomovaning otib o‘ldirdi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Bu haqda Asia-Plus xabar bermoqda.

45 yashar ayolning o‘q izlari bo‘lgan jasadi 7-iyun kuni Vashingtondagi uyidan topildi. Shu kuni er-xotin ajrashish jarayonini yakunlash uchun sudga borishi lozim edi.

Politsiya eshikni sindirib, uy ichiga kirganida G‘ulomovaning eri — AQSh Davlat departamenti xodimi Jeyson Riff ham o‘zini otdi. U keyinchalik kasalxonada boshidan olingan jarohat tufayli vafot etdi.

Jeyson Riff va Lola G‘ulomova shu yil mart oyida 18 yillik turmushdan so‘ng ajrashishga qaror qilgandi. Er-xotinning fojia payti uydan tashqarida bo‘lgan 2 nafar qizi bo‘lib, ulardan kattasi shu kuni maktabni tamomlayotgandi.

Oxirgi vaqtlarda AQSh Savdo vazirligida ishlayotgan Lola G‘ulomova yangi 4 yillik shartnomani imzolagan va 2020-yilda Belgradga jo‘nab ketishi lozim edi. U o‘zi bilan qizlarini ham olib ketmoqchi bo‘lgan, biroq Riff bundan norozi edi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 11:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 44) ( 0) ( 42) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют