» » Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Qozog‘iston prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Qosim-Jo‘mart To‘qayevni Qozog‘iston prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan tabrikladi


Shavkat Mirziyoyev 10-iyun kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat avvalida davlat rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayevni kecha bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston prezidenti saylovida ishonchli g‘alabaga erishgani bilan samimiy tabrikladi.

Saylov natijalari Qozog‘iston xalqi Qosim-Jo‘mart To‘qayevni keng qo‘llab-quvvatlashi va unga ulkan ishonch bildirishi, uning mamlakat barqaror taraqqiyotiga va xalqaro nufuzini oshirishga hissasini yuksak baholashini yana bir bor namoyish etgani, amalga oshirilayotgan siyosat va eng muhim ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning izchil davom ettirilishiga qat’iy ishonchning ifodasi bo‘lgani alohida ta’kidlandi.

Qozog‘iston prezidentining joriy yil aprel oyidagi O‘zbekistonga ilk davlat tashrifi do‘stlik, yaxshi qo‘shnichilik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga o‘zaro intilishning tasdig‘i bo‘lib, ikki tomonlama hamkorlik rivojiga yangi sur’at bag‘ishlagani qayd etildi.

Suhbat chog‘ida Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart To‘qayev O‘zbekiston bilan Qozog‘iston o‘rtasidagi hamkorlikka doir, shuningdek, mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik dolzarb masalalarni muhokama qildi.

Kelgusidagi, jumladan, oliy darajadagi uchrashuvlar rejasi ham ko‘rib chiqildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 11:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 79) ( 0) ( 78) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют