» » Navoiyda bolasini sotgan ayolga farzandi qaytarib berildi

Navoiyda bolasini sotgan ayolga farzandi qaytarib berildi


DXX va Departament xodimlari tomonidan 5 million so‘mga o‘z farzandini sotayotgan vaqtida ushlangan 38 yoshli ayolni Xotin-qizlar qo‘mitasi kafillikka oldi. Bu haqda Zarnews xabar bermoqda.

Departamentning Konimex tuman bo‘limi xodimlari va DXX avlat Navoiy viloyat boshqarmasi xodimlari hamkorlikda o‘tkazilayotgan tezkor tadbir davomida Feruza Almamatova tadbirga shartli xaridor sifatida jalb qilingan ayolga farzandini 5 million so‘m evaziga sotgan edi.

U o‘z farzandini sotishi sababi sifatida tug‘iladigan bolasini boqa olmasligi, turmush o‘rtog‘ining yoshi katta ekanligi, bolani bir o‘zi katta qila olmasligi, shu uchun uni sotishga majbur bo‘lganini aytgan.

Karmana tumani xotin-qizlar qo‘mitasi raisi G.Shermatova Jinoyat kodeksi 135-moddasi 3-qismining“a” bandi bilan sudlanayotgan Feruza Almamatovaga nisbatan sud tomonidan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo tayinlansa, uni to‘liq nazorat qilib, ish bilan ta’minlab, ijtimoiy foydali mehnat bilan shug‘ullanish imkoniyatini yaratib berishini bildirib, bu haqda kafolat xati taqdim qilgan.

Sudlanuvchi Feruza Almamatova Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismining “a” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilganlikda aybdor deb topildi va 4 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi. Unga kech soat 22.00 dan ertalab soat 06.00 ga qadar yashash joyidan chiqishi cheklandi.

Navoiy viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida saqlanayotgan, 2019-yil 4-mart kuni tug‘ilgan G‘.M. hukm qonuniy kuchga kirgandan so‘ng onasi F.Almamatovaga qaytarildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 14:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 93) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют