» » Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda o‘z missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya elchisini qabul qildi

Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda o‘z missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya elchisini qabul qildi


Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov O‘zbekistonda o‘z missiyasini yakunlayotgan Buyuk Britaniya va Shimoliy Irlandiya birlashgan qirolligi Favqulodda va muxtor elchisi Kristofer Allanni qabul qildi. Bu haqda TIV matbuot xizmati ma’lum qildi.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston — Buyuk Britaniya munosabatlarining dolzarb masalalari muhokama qilindi va joriy yilda o‘zaro hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashildi.

10—11-iyul kunlari London shahrida o‘tkaziladigan OAV erkinligi bo‘yicha Global konferensiyada O‘zbekiston delegatsiyasi ishtirokining amaliy jihatlariga alohida e’tibor qaratildi.

Uchrashuv so‘ngida vazir Kristofer Allanga elchi sifatidagi sa’y-harakatlari va sermahsul faoliyati uchun minnatdorchilik bildirdi.

Elchi o‘z navbatida O‘zbekiston va TIV rahbariyatiga Buyuk Britaniya diplomatik vakolatxonasi rahbari sifatidagi vazifalarini samarali bajarishida ko‘rsatilgan ko‘mak uchun minnatdorlik izhor etdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 14:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 81) ( 0) ( 81) ( 0)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
- отсутствуют
Последние 20 посетителей... - отсутствуют