» » Rossiyada 21 yashar qiz ikki o‘zbekistonlikni chuv tushirdi

Rossiyada 21 yashar qiz ikki o‘zbekistonlikni chuv tushirdi


Rossiyada ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi tovlamachilik qurboniga aylandi. Bu haqda Kaluga viloyati IIB matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi Sputnik.

Jinoyatchi telefon orqali o‘zini bank xodimi deb tanishtirib, mehnat migrantlariga arzon kredit taklif qilgan. Guyoki buning uchun ular o‘z bank kartalariga qo‘shimcha xizmatlarni ulashi kerak bo‘lgan. Ushbuni ro‘kach qilgan holda tovlamachi ularning pasport raqamlari va bank rekvizitlarini bilib olgan.

Shundan so‘ng jinoyatchi ularning hisob raqamidagi mablag‘larni o‘z hisobiga o‘tkazgan. Shu yo‘l bilan tovlamachi ikki nafar fuqarodan jami 17 ming rubl o‘g‘irlagan.

Huquqni saqlash organlari tovlamachining shaxsini aniqlab uni hibsga oldi. U Rostov viloyatida yashaydigan 21 yoshli qiz bo‘lib chiqdi.

Unga nisbatan 2 ta jinoyat ishi ochilgan. Ayni vaqtda tergov davom etmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 16:29)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 82) ( 0) ( 81) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют