» » Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi O‘zbekistonga Yaqin Sharqdagi nizoli hududlardan fuqarolarini olib kelishga ko‘maklashishda davom etadi

Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasi O‘zbekistonga Yaqin Sharqdagi nizoli hududlardan fuqarolarini olib kelishga ko‘maklashishda davom etadi


O‘zbekistonning BMT va Jenevadagi boshqa xalqaro tashkilotlardagi  doimiy vakili Ulug‘bek Lapasov 7-iyun kuni Xalqaro Qizil Xoch qo‘mitasining Yevrosiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Patrik Vial bilan uchrashdi. Bu haqda TIV xabar berdi.

Patrik Vial Shavkat Mirziyoyevning Suriyadan 156 nafar fuqaroni O‘zbekistonga qaytargani qo‘mita tomonidan ijobiy qabul qilinganini ta’kidlab o‘tdi. Shuningdek, u Yaqin Sharqdagi lagerlarda odamlar qanday qiyinchiliklarni boshdan kechirishidan qo‘mita xabardor ekanini ham aytdi.

Uchrashuv yakunida qo‘mita O‘zbekistonga nizoli hududlardan fuqarolarni qaytarishda hamkorlik ishlarini davom ettirishga tayyorligini bildirdi. Shuningdek, qo‘mita O‘zbekistonga qaytgan fuqarolar bilan ishlaydigan mahalliy psixologlarning malakasini oshiruvchi treninglar o‘tib berishda ham yordam berishini aytdi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 18:14)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 59) ( 0) ( 58) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют