» » YuNISEF O‘zbekistonga Suriyadan o‘z fuqarolarini qaytarib olib kelishda moliyaviy yordam ko‘rsatilganini rad etdi

YuNISEF O‘zbekistonga Suriyadan o‘z fuqarolarini qaytarib olib kelishda moliyaviy yordam ko‘rsatilganini rad etdi


YuNISEF O‘zbekistonga Yaqin Sharqdagi nizoli hududlardan o‘z fuqarolarini qaytarib olib kelishda moliyaviy yordam ko‘rsatilganini rad etdi.

“YuNISEF 156 nafar o‘zbek ayol va bolalarini repatriatsiya qilish jarayonida O‘zbekiston hukumatiga hech qanday moliyaviy yordam ko‘rsatmaganini ta’kidlaydi va repatriatsiya haqida ma’lum ijtimoiy media kanallari orqali tarqatilgan noto‘g‘ri ma’lumotlarni inkor etadi”, — deyiladi xabarda.

YuNISEF O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston hukumatiga ushbu bolalarga psixologik xizmatlarni ko‘rsatishda va ularning oilalari va jamiyatga qayta integratsiyalashuvini qo‘llab-quvvatlashda yordam ko‘rsatadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 156 nafar O‘zbekiston fuqarosi asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan Vatanga qaytarildi. Ular 30-may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 20:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Кто вы по знаку зодиака?

КТО НА САЙТЕ?
( 66) ( 0) ( 65) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют