» » YuNISEF O‘zbekistonning bolalarni Suriyadan qaytarganini qo‘llab-quvvatlamoqda

YuNISEF O‘zbekistonning bolalarni Suriyadan qaytarganini qo‘llab-quvvatlamoqda


YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasining rahbari Sasha Grauman Suriyadan bolalarning O‘zbekistonga qaytarilishi bo‘yicha bayonot berdi, bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Bayonotga ko‘ra, YuNISEF O‘zbekiston Respublikasining Suriyadan O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan bolalarni va O‘zbekiston fuqarolarining Suriya davlatida tug‘ilgan bolalarini O‘zbekistonga olib kelganini qo‘llab-quvvatlaydi.

Sasha Grauman O‘zbekiston bolalarni fuqaroliksiz qolishiga yo‘l qo‘ymagani oqilona ishligini aytmoqda.

Bolalarning ko‘pchiligi notinch, konfliktli hududlarda tavallud topgan yoki o‘z ota-onalari bilan u yerlarga borib qolishgan.

Norasidalar ichida asosan o‘g‘il bolalar qurolli kuchlar tomonidan o‘zgalarga zo‘ravonlik qilishga majburlangan. Ularning huquqlari toptalgan va bu bolalar katta bir fojianing qurbonlaridir. Ularga jinoyatchi emas, balki huquqlari toptalgan qurbonlar sifatida yondashish to‘g‘ri bo‘ladi.

Ya’ni:

— Qurolli guruhlar tomonidan ta’qib qilingan bolalar hibsga olinmaydi va sud ishlariga jalb etilmaydi.

— Bolalarga ruhiy-ijtimoiy madad berilishi va yuridik yordam ko‘rsatilishi lozim.

Bolalar qurolli kuchlar ishlatilayotgan konflikt hududlaridan kelayotgani sababli ular dahshatli fojiali voqealarga guvoh bo‘lgan bo‘lishi yoki o‘zlari zo‘ravonlik qilishga majbur bo‘lgan bo‘lishi mumkin.

Shu sababli ko‘pgina bolalarga maxsus ruhiy-ijtimoiy konsultatsiya berilishi lozim, deya ta’kidlanadi Sasha Graumanning bayonotida.

Shu munosabat bilan YuNISEFning O‘zbekistondagi vakolatxonasi O‘zbekiston Respublikasiga avval quroli guruhlar ta’sirida, konfliktli vaziyatlarda bo‘lgan bolalarga xalqaro me’yorlar asosida ruhiy-ijtimoiy yordam ko‘rsatishda hamkorlik qilishga tayyorligini bildirdi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning topshirig‘iga binoan, 156 nafar O‘zbekiston fuqarosi asosan ayollar va bolalar Yaqin Sharqdagi qurolli mojarolar hududidan Vatanga qaytarildi. Ular 30-may kuni maxsus aviareysda Toshkent shahriga olib kelindi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (31-05-2019, 08:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 80) ( 0) ( 78) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют