» » O‘zbekistonga janubiy Uraldan salqin havo oqimi kirib keldi

O‘zbekistonga janubiy Uraldan salqin havo oqimi kirib keldi


Bugun, 10-iyun O‘zbekiston hududiga janubiy Ural tomonlaridan salqin havo oqimi kirib keldi, bu haqda O‘zA ma’lumot beradi.

Bunday holatda O‘zbekiston hududining katta qismida asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, faqat Farg‘ona vodiysi viloyatlarida va tog‘li hududlarning ba’zi joylarida yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Havo harorati pasayadi va 25—30 daraja atrofida bo‘ladi.

11-iyunda respublika bo‘ylab kirib kelgan salqin havo oqimi ta’siri saqlanib turadi. Mamlakatda yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘ladi, faqat Toshkent viloyati, Farg‘ona vodiysi viloyatlari va respublikaning tog‘li hududlarida kechasi va ertalab ob-havo o‘zgarib turadi. Havo harorati foni saqlanib turadi (25—30 daraja), bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 3—6 darajaga pastdir.

10—11-iyunda ba’zi joylarda shamol kuchayib, sekundiga 15—20 metr tezlikda esadi.

Keyinchalik salqin havo chekinadi va Turkmanistondan iliq havo kirib kela boshlaydi. O‘zbekistonda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechasi 17—22 darajagacha, kunduzi 33—38 darajagacha asta-sekin ko‘tariladi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (10-06-2019, 20:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Что нужно улучшить на нашем сайте?

КТО НА САЙТЕ?
( 58) ( 0) ( 55) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют