» » Shahrisabz shahridagi 4 ta sektor rahbari kam ta’minlangan 300 nafar bola holidan xabar olib, sovg‘a-salom ulashdi

Shahrisabz shahridagi 4 ta sektor rahbari kam ta’minlangan 300 nafar bola holidan xabar olib, sovg‘a-salom ulashdi


Maktabgacha ta’lim muassasalarida yozgi sog‘lomlashtirish oyligi boshlanishi munosabati bilan Shahrisabz shahridagi 4 ta sektor rahbari “Beruniy” oromgohida shahar maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyalanuvchi 300 nafar ko‘ngli yarim bolajonlar uchun bayram tadbiri tashkil etdi. Bu haqda “Daryo”ga Shahrisabz shahar maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Shahnoza Xolmahmatova xabar bermoqda.

Shahnoza Xolmahmatovaning so‘zlariga ko‘ra, shahar hokimligi, prokuratura, IIB, soliq inspeksiyasi, shahar Adliya bo‘limi va Maktabgacha ta’lim bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan “Baxtli bolalik” deb nomlangan bayram tadbirida shahar hokimi To‘lqin Karimov so‘z olib, yozgi sog‘lomlashtirish oyligi bolajonlar uchun naqadar ahamiyatli ekanligini ta’kidladi. Shuningdek, tadbirda ishtirok etayotgan maktabgacha ta’lim muassasalarida ta’lim-tarbiya olayotgan 300 nafardan ortiq kam ta’minlangan oila farzandlariga sektor rahbarlari, shahar Adliya bo‘limi hamda maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tashkillashtirilgan sovg‘alarni ulashdi.

Tadbirda shahardagi mavjud 31 ta davlat, 22 ta oilaviy, 9 ta nodavlat va 2 ta davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim muassasalarining iqtidorli tarbiyalanuvchilari ham ishtirok etib, o‘z iqtidorini namoyon qildi. Shuningdek tadbirda chiqish qilgan jajji shifokorlar, yosh rassomlar va bo‘lajak sportchilar yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.

Tadbir so‘ngida bolajonlarga muzqaymoq va turli shirinliklar ulashildi.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 03:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 100) ( 0) ( 97) ( 3)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют