» » Olimlar Yer sayyorasiga xavf tug‘diruvchi asteroidni aniqladi

Olimlar Yer sayyorasiga xavf tug‘diruvchi asteroidni aniqladi


Yevropa fazo agentligi Yerga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan osmon jismlari ro‘yxatini yangiladi. Bu haqda O‘zA xabar qiladi.

Ro‘yxatga ko‘ra, 2006QV89 asteroidi shu yilning 9-sentabrida Yer sayyorasi bilan to‘qnashishi mumkin. Faqat ushbu hodisaning sodir bo‘lish ehtimoli 7 mingdan bitta imkoniyatga teng.

Hozirda 2006QV89 asteroidi Yerdan 6,7 million kilometr narida harakatlanmoqda. Uning uzunligi 109 metr, kengligi 48,5 metrni tashkil qiladi. Ushbu osmon jismi sayyora yaqinidan 1950, 1960, 1970, 1980-yillarda uchib o‘tgan, faqat astronomlar uni 2006-yilda Arizonadagi observatoriya teleskopi orqali kuzatishga muvaffaq bo‘lgan. Asteroidning Yerga navbatdagi yaqinlashuvi 2032-yilda sodir bo‘ladi.

Ro‘yxatda 2010RF12 asteroidi Yer uchun eng xavfli deya tilga olingan. Ekspertlar taxminiga ko‘ra, ushbu osmon jismining sayyoraga maksimal darajadagi yaqinlashuvi 2095-yilda kuzatilishi, uning Yer bilan ehtimoliy to‘qnashuvi 16 tadan bitta imkoniyatga teng bo‘lishi mumkin.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 05:44)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Понравился ли Вам наш сайт?

КТО НА САЙТЕ?
( 113) ( 0) ( 111) ( 2)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют