» » Samarqandda “Titanik” deb nomlanadigan ko‘p qavatli uydagi yong‘in oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lmadi

Samarqandda “Titanik” deb nomlanadigan ko‘p qavatli uydagi yong‘in oqibatida qurbonlar va jarohatlanganlar bo‘lmadi


9-iyun kuni Samarqand shahridagi Sartepa maskani, 12-uy, 92 xonadonda yashovchi, 1990-yilda tug‘ilgan Sh.Q yashash uyining 15 kvadrat metr maydonida xonaning shift qismi va uy jihozlari qisman yongan. Bu haqda viloyat yong‘in xavfsizligi boshqarmasi ma’lum qildi.

Yong‘indan 40 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan. Yong‘in sodir bo‘lgan maskanga soat 01.00 da yetib borilib, soat 01.10 da yong‘in to‘liq bartaraf etildi.

Taxminga ko‘ra, yong‘in gaz hisoblagichidan oldin diametri 15 millimetrli temir quvur orqali noqonuniy o‘tkazilgan gaz nuqtadan tabiiy gaz sizib chiqib, xonada to‘plangani oqibatida hamda xonadagi muzlatkichdan o‘t chaqnashi sodir bo‘lgan.

Voqea joyiga Samarqand viloyat favqulotda vaziyatlar boshqarmasi, yong‘in xavfsizligi boshqarmasi mutasaddilari, xodimlari guruhi, qutqaruv otryadi, 2 ta yong‘in o‘chirish ekipaji jalb qilingan.

Yong‘in oqibatida o‘lim yoki tan jarohati olish bilan bog‘liq holatlar yuz bermagan. Ko‘rilgan moddiy zarar aniqlanmoqda.



Manba: Daryo.uz
Опубликовано: admin (11-06-2019, 09:59)
0 (голосов: 0)
Комментариев пока еще нет. Вы можете стать первым!

Добавить комментарий!


vote-iconОПРОС
Сколько времени в день вы проводите в социальных сетях?

КТО НА САЙТЕ?
( 95) ( 0) ( 94) ( 1)
Юзеры:
- отсутствуют
Гости:
Роботы:
Последние 20 посетителей... - отсутствуют